Artikul: 99000

MBR bitum-rezina mastikasi

Mavjud

9 000 UZS

MBR 55, 65 va 75 markali issiq qo‘llaniladigan bitum-rezina mastikasi neft bitumi, rezina kukuni va plastifikatorlardan tashkil topgan ko‘p komponentli massa hisoblanadi.

MBR 55, 65, 75 bitum-rezina mastikasi 100 °C va undan yuqori haroratgacha qizdiriladi va bitumli praymer bilan oldindan ishlov berilgan asosga suyuq holatda шпatel, cho‘tka yordamida surtiladi yoki quyilib tekislanadi. Material sarfi bajariladigan ish turiga qarab 1,5 kg/m² dan boshlanadi.

Qo‘llanilishi: MBR 55, 65, 75 bitum-rezina mastikasi asosan yuqori namlikka ega yuzalarda, yer osti po‘lat quvurlarini va boshqa inshootlarni tuproq korroziyasidan himoya qilishda, tom qoplamalaridagi chok va yoriqlarni muhrlashda qo‘llaniladi. Mastika qo‘llangandan so‘ng choksiz va elastik gidroizolyatsiya qatlami hosil qiladi hamda 35 yildan ortiq xizmat qilishni ta’minlaydi.

Saqlash: Mastikani quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda -10 °C dan +30 °C gacha bo‘lgan haroratda saqlash tavsiya etiladi.

Tashish: Gidroizolyatsion mastika barcha turdagi yopiq transport vositalarida amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Qadoqlanishi: Ichki qismi polietilen himoya qatlami bilan qoplangan 20 kg karton qutilar.

O’xshash mahsulotlar