Artikul: 9225002
Folgoizol EFP
Mavjud22 500 UZS
Folgoizol EFP poliester asosga gidroizolyatsion bitumdan iborat bitum-polimer bog‘lovchini ikki tomonlama surtish orqali ishlab chiqariladi. Himoya qatlamlari sifatida alyuminiy folga va polimer plyonka qo‘llaniladi. Folgoizol EFP yuqori issiqlikka chidamliligi hamda mustahkam fizik-mexanik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.
Folgoizol EFP tomlar, quvurlar va turli qurilish inshootlarini gidroizolyatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Asosan tom qoplamasi tizimining yuqori (yakuniy) qatlami sifatida ishlatiladi. Poliester asos tufayli material yuqori mustahkamlik, aşinishga chidamlilik va uzoq xizmat muddatiga ega.
Folgoizol EFP ning old tomoni qalinligi 14 mikron bo‘lgan himoya alyuminiy folga bilan qoplangan. Orqa tomoni esa MARJA kompaniyasining firma belgisi tushirilgan himoya polimer plyonkasi bilan himoyalangan.
Saqlash: Rulonlar quruq va yopiq xonalarda, vertikal holatda, bir qatorda va isitish moslamalaridan kamida 1 metr uzoqlikda saqlanishi kerak.
Tashish: Material barcha turdagi yopiq transport vositalarida amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Qo‘llanilishi: Bino va inshootlar hamda qurilish konstruksiyalarining gidroizolyatsiyasi uchun mo‘ljallangan.
