Artikul: 928000

Izomembrane EKP

Mavjud

28,000 UZS

Izomembrane EKP — rulonli naplavlanadigan gidroizolyatsiya materiallari orasida premium segment mahsuloti hisoblanadi. Ushbu mahsulot issiqlik elektr stansiyalari, bug‘ qozonxonalari, yer usti metro inshootlari, ko‘priklar va boshqa muhim obyektlarning tom qismini gidroizolyatsiya qilishda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, Izomembrane EKP tom konstruksiyasining yakunlovchi (finish) qatlami sifatida ishlatiladi. Materialning xizmat muddati 30 yildan ortiq.

Poliester asos tufayli Izomembrane EKP yuqori mustahkamlik, yeyilishga chidamlilik va uzoq xizmat qilish xususiyatlariga ega. Materialning yuqori qismi yirik donali slanets sepmasi bilan himoyalangan, pastki qismi esa MARJA kompaniyasining korporativ belgisi tushirilgan himoya polimer plyonkasi bilan qoplangan.

Materialning sovuqqa va issiqlikka chidamlilik ko‘rsatkichlari SBS (stiren-butadien-stiren) polimeri yordamida yaxshilangan bo‘lib, O‘zbekiston iqlim sharoitlariga moslashtirilgan.

Saqlash

Material rulonlari quruq va yopiq xonalarda, isitish moslamalaridan kamida 1 metr masofada, tik holatda bir qatorda saqlanishi kerak.

Tashish

Barcha turdagi transport vositalarida, yopiq transportda amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Qo‘llanilishi

Bino va inshootlar, shuningdek turli qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

O’xshash mahsulotlar