Artikul: 915500

Roofizol TFP

Mavjud

15,500 UZS

Roofizol TFP shisha tolali asosga (stekloxolst yoki karkasli shisha mato) bitum, polimer modifikator va mineral to‘ldiruvchilardan tashkil topgan bitum-polimer bog‘lovchi qatlamni ikki tomonlama surtish orqali ishlab chiqariladi. Shundan so‘ng materialning har ikki tomoniga himoya qatlamlari qo‘llaniladi. Himoya qatlami sifatida alyuminiy folga va polimer plyonka ishlatiladi.

Roofizol TFP tom qoplamasining yuqori (yakunlovchi) qatlamini hosil qilish uchun ideal yechim hisoblanadi. Material yuqori mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lib, uning xizmat muddati 20 yildan ortiq. Materialning yuqori qismi qalinligi 14 mikron bo‘lgan himoya alyuminiy folga bilan qoplangan. Pastki qismi esa MARJA kompaniyasining korporativ belgisi tushirilgan himoya polimer plyonkasi bilan qoplangan.

Saqlash

Material rulonlari quruq va yopiq xonalarda, isitish moslamalaridan kamida 1 metr masofada, tik holatda bir qatorda saqlanishi kerak.

Tashish

Barcha turdagi transport vositalarida, yopiq transportda amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.

Qo‘llanilishi

Bino, inshoot va turli qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

O’xshash mahsulotlar

Roofizol TFP — pastki qatlam uchun membrana