Artikul: 922000
22,000 UZS
Roofizol TKP shisha tolali asosga (stekloxolst yoki karkasli shisha mato) bitum, polimer modifikator va mineral to‘ldiruvchilardan tashkil topgan bitum-polimer bog‘lovchi qatlamni ikki tomonlama surtish orqali ishlab chiqariladi. Shundan so‘ng materialning har ikki tomoniga himoya qatlamlari qo‘llaniladi. Yuqori himoya qatlami sifatida yirik donali slanets sepmasi ishlatiladi, pastki qismi esa polimer plyonka bilan qoplangan bo‘lib, bu materialning ishonchli himoyasi va uzoq muddatli xizmat qilishini ta’minlaydi.
Roofizol TKP tom qoplamasining yuqori (yakunlovchi) qatlamini hosil qilish uchun ideal yechim hisoblanadi. Material yuqori sifat ko‘rsatkichlari, mustahkamligi va 20 yildan ortiq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Materialning yuqori qismi yirik donali slanets sepmasi bilan qoplangan, pastki qismi esa MARJA kompaniyasining korporativ belgisi tushirilgan himoya polimer plyonkasi bilan himoyalangan.
Material rulonlari quruq va yopiq xonalarda, isitish moslamalaridan kamida 1 metr masofada, tik holatda bir qatorda saqlanishi kerak.
Barcha turdagi transport vositalarida, yopiq transportda amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Bino, inshoot va turli qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.