Artikul: 9125002
12,500 UZS
Roofizol TPP shisha tolali asosga bitum, SBS (stiren-butadien-stiren) polimeri, polimer modifikator va mineral to‘ldiruvchilar (talk, bo‘r va boshqalar)dan tashkil topgan bitum-polimer bog‘lovchi qatlamni ikki tomonlama surtish orqali ishlab chiqariladi. Himoya qatlami sifatida materialning har ikki tomonida polimer plyonka qo‘llaniladi.
Roofizol TPP tom qoplamasining pastki (birinchi) qatlamini hosil qilish uchun ideal yechim hisoblanadi. Material yuqori mustahkamlik xususiyatlariga ega bo‘lib, uning xizmat muddati 20 yildan ortiq. Materialning yuqori qismi MARJA kompaniyasining korporativ belgisi tushirilgan himoya polimer plyonkasi bilan qoplangan.
Material rulonlari quruq va yopiq xonalarda, isitish moslamalaridan kamida 1 metr masofada, tik holatda bir qatorda saqlanishi kerak.
Barcha turdagi transport vositalarida, yopiq transportda amaldagi yuk tashish qoidalariga muvofiq tashiladi.
Bino, inshoot va turli qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.